Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning tarafdorlari agar uning siyosiy raqiblari uni hukumatdan chetlatsa, isyon ko‘taradi. Bu haqda 17-iyun, juma kuni Venesuela Yagona sotsialistik partiyasi raisi o‘rinbosari Dyosdado Kabelyo ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
U Sukre shtati markazi Kumana shahridagi mitingda chiqish qildi.
“Agar o‘nglar Maduroni ag‘darishga urinsa, ko‘chalarda, qishloqlarda, shaharlarda, kichikroq posyolkalarda va kazarmalarda xalq isyoni bo‘lib o‘tadi”, — dedi u.
Siyosatchi agar davlat rahbarining siyosiy raqiblari xayoliga qo‘liga qurol olish kelsa, uning tarafdorlari ham ularni ko‘chada yelkasida qurol bilan qarshi olishini ma’lum qildi.
Izoh (0)