Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi chiqishida yangi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining yaratilishi va unga Xitoy ham kirishini aytib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Iyunda Xitoy bilan birga katta Yevrosiyo hamkorligini yaratish ishlariga rasmiy start berish rejalashtirilmoqda”, — dedi Rossiya rahbari.
U boshqa tafsilotlarni oshkor qilmay, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi hamda Yevropa ittifoqi bo‘yicha hamkorlarni yangi loyihaga qo‘shilishga chaqirish bilan kifoyalandi.
Izoh (0)