O‘n yildan so‘ng Xitoyning Alibaba kompaniyasi sotilgan tovarlarni dunyoning istalgan chetiga 72 soat ichida yetkazib berishga qodir bo‘ladi. Bu haqda kompaniya asoschisi Jek Ma aytib o‘tdi, deb xabar beradi “RBK”.
“O‘n yildan so‘ng dunyoning istalgan chetidan turib internet orqali buyurtma berasiz va 72 soat ichida uni olasiz. Men shuni amalga oshirishni istayman”, — deb g‘oyasini tushuntirdi milliarder Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro iqtisodiy forumdagi chiqishida.
Bundan tashqari, Ma Alibaba’ning yaratilishini hayotidagi eng katta xato sifatida baholadi.
Izoh (0)