• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Galereya: dunyodagi eng uzun va eng chuqur tunnellar

    2016-yilning 1-iyunida Shveysariyada Gotard temir yo‘l tunnelining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Qurilishiga 20 yil vaqt sarflangan tunnel Shveysariya Alplaridagi Sen-Gotard tog‘ massivi ostidan, 2,1 kilometr balandlikdan o‘tadi. Qurilish g‘oyasi 1947-yilda paydo bo‘lganiga qaramay, loyihaning birinchi versiyasi 1962-yildagina ishlab chiqildi. O‘shanda uning uzunligi 45 kilometrni tashkil etishi ko‘zlangan edi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Burg‘ulash ishlari 1993-yilda, tayyorgarlik ishlari — 1996-yilda, asosiy ishlar — 2001-yilda, tuproqni chiqarib olish esa 2003-yilda boshlandi. Loyiha qiymati 12 milliard dollarni tashkil etdi.

    57 kilometrga cho‘zilgan Gotard dunyodagi eng uzun tunnelga aylandi va ilgarigi rekordlarni yangiladi.

    Shu munosabat bilan “TASS” eski rekordchilarni yodga oldi.

    1. Gotard tunneli (Shveysariya)

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Ikkita bir tomonlama parallel tunnelni o‘z ichiga oladi. Ichki diametri — 8,2 metr; g‘arbiy tunnel uzunligi — 56,9 kilometr, sharqiy tunnel uzunligi — 57 kilometr. To‘liq uzunligi (piyoda va xizmat yo‘llarini inobatga olgan holda) — 153,4 kilometr.

    Poyezdlar undan 250 kilometr/soat tezlikda o‘ta oladi. Tunnel ichida ikkita ko‘p funksiyali temir yo‘l stansiyasi mavjud bo‘lib, ulardan avariyalarda hamda sostavlarni almashtirishda foydalanish mumkin.

    Tunneldan o‘tish vaqti — 20 daqiqa.

    1-iyunda tunneldan ilk poyezdlar o‘tdi; 2017-yil yanvarida u to‘liq foydalanishga topshiriladi.

    2. Seykan tunneli (Yaponiya)

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Sangaru bo‘g‘ozi ostidan o‘tib, Xonsyu va Xokkaydo orollarini birlashtiradi. Umumiy uzunligi — 53,85 kilometr, suv ostidagi qismi — 23,3 kilometr. Yo‘llar dengiz tubidan 100 metr, dengiz sathidan 240 metr chuqurroq joylashgan.

    Tadqiqot ishlari 1954-yilda boshlandi, qurilish ishlari 1964–1988-yillar orasida davom etdi. Ochilish marosimi 1988-yilning 13-martida bo‘lib o‘tdi.

    Loyiha qiymati 690 milliard iyenani (5,4 milliard dollar) tashkil etdi.

    3. La-Mansh ostidan o‘tgan Yevrotunnel (Fransiya va Buyuk Britaniya)

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Britaniya orollarini Yevropaning kontinental qismi bilan bog‘laydigan, bo‘g‘oz ostidan o‘tgan yana bir tunnel. Uzunligi — 51 kilometr, shundan 39 kilometri bevosita suv ostidan o‘tadi. Eng chuqur nuqtasi suv sathidan 126 metr pastroqda joylashgan.

    Tunnel g‘oyasini 1802-yilda fransiyalik muhandis Alber Matyo-Favye aytib o‘tgan edi. Qurilish ishlari 1876-yilda boshlanib, 1883-yilda to‘xtatildi. 1987-yilda burg‘ulash ishlari qaytadan boshlab yuborildi. 1994-yilning 6-mayida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Loyiha qiymati 15 milliard dollarni tashkil etdi.

    4. Eyksunn tunneli (Norvegiya)

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Avtomobil yo‘li tunneli, Norvegiyaning Myore-o-Rumsdal viloyatida joylashgan bo‘lib, Xareydlandet orolidagi Eyksunn shahrini mamlakatning kontinental qismidagi Ryanes shahri bilan bog‘laydi. Vartdals-fyord tubidan, dengiz sathidan 287 metr chuqurroqdan o‘tkazilgan. Dunyodagi eng chuqur tunnel hisoblanadi.

    Uzunligi — 7,8 kilometr, tunnel ustidagi tog‘ jinsining eng qalin qismi — 500 metr, eng yupqa qismi — 50 metr.

    Qurilish 2003-yildan start oldi, harakatlanish esa 2008-yil fevralidan boshlab yuborildi. Bugungi kunda tunneldan 25 ming kishi foydalanadi.

    Loyiha qiymati — 970 million Norvegiya kronasi (123 million yevro).

    5. Temza ostidan o‘tgan tunnel (Buyuk Britaniya)

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Dunyodagi eng serqatnov tunnel. U angliyalik muhandis Mark Bryunelning loyihasi bo‘yicha qurilgan. Qurilish ishlari 1825-yilda boshlanib, 1841-yilda yakunlangan. Ochilish marosimi 1843-yilda bo‘lib o‘tgan.

    1869-yilga qadar tunnel piyodalar harakatiga mo‘ljallangan edi. Ko‘rsatilgan yildan e’tiboran u orqali metro poyezdlari yura boshladi. 2000-yillar oxirida London metropolitenining Bryunel tunnelini o‘z ichiga oladigan yo‘nalishi rekonstruksiya qilindi.

    16.06.2016, 22:34   Izoh (0)   20831
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jeyson Steytem va Rouzi Hantington-Uaytli farzandlari uchun AQSHni tark etdi

    Layfstayl | 13 may, 12:56

    Buyuk Britaniya migrantlarni qabul qilishni kamaytiradi

    Dunyo | 13 may, 12:53

    Vitor Reys Abduqodir Husanov haqida gapirdi

    Sport | 13 may, 12:41

    Meksika Google’ni ko‘rfaz nomini o‘zgartirgani uchun sudga berdi

    Dunyo | 13 may, 12:34

    Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 13 may, 12:16

    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha

    Reklama | 13 may, 10:30

    Instagram: Kosmetika ishlab chiqarayotgan Munisa Rizayeva, Malika Ravshanova xonadonida xursandchilik, Yulduz Usmonova Shirin Abdullayevaga atab qo‘shiq kuyladi

    Shou-biznes | 13 may, 11:59

    Alisher Usmonovni “Dilbar” yaxtasi egasi deb atash taqiqlandi

    Dunyo | 13 may, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.