Vengriyalik 60 nafar turist ichib olgan mahalliy gid tomonidan Avstriya Alplarida tashlab ketildi. Bu haqda, Independent nashriga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
Turistlar 12 qutqaruvchi ko‘magida evakuatsiya qilindi. Shundan so‘ng ularning gidi ham mustaqil ravishda tog‘dan tushgani ma’lum bo‘ldi. U nega ketib qolganini tushuntirmadi, lekin mast bo‘lmaganini ta’kidlab o‘tdi. Hech kim jabrlanmagani bois uning qoni alkogolga tekshirilmadi.
Avstriya politsiyasi bilan hamkorlik qiluvchi alpinizm mutaxassisi mahalliy aholi vakili bo‘lgan gid bu kasb bo‘yicha malakaga ega emasligini qayd qilib o‘tdi.
Izoh (0)