Rossiyaning Perm shahrida o‘tkazilgan sinovlar paytida robot poligondan tashqariga, katta yo‘lga chiqib ketishi oqibatida tirbandlik yuzaga keldi. Bu haqda, “Promorobot” MChJ hammuassisi Oleg Kivokursevning so‘zlariga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Aytilishicha, robot yopiq makonda harakatlanishga o‘rgatilayotgan edi. Mashg‘ulot paytida poligonga kirgan muhandis darvozani yopishni unutgan, buning natijasida bir muddatdan so‘ng robot poligonni tark etgan, mutaxassislar esa bundan bexabar qolgan. Shundan so‘ng mashina Perm markazidagi avtomobil yo‘liga borib, o‘sha yerda o‘chib qolgan.
Robot poligondan 50 metr nariga ketib qolgani aytilmoqda. U yo‘l o‘rtasida mashina 30 daqiqa davomida turgan.
Instagram’da voqea joyida tushirilgan fotosurat va video e’lon qilindi.
Izoh (0)