O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 7-iyundan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2929 so‘m 14 tiyin etib belgilandi. Bu 31-maydagi kursga nisbatan 4 so‘m 51 tiyinga ko‘p.
7-iyundan e’tiboran 1 yevro qiymati 3305 so‘m 15 tiyin (31-maydagi kursga nisbatan 21 so‘m 33 tiyin arzon), 1 Xitoy yuani 446 so‘m 24 tiyin (31-maydagi kursga nisbatan 1 so‘m 77 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 43 so‘m 81 tiyin (31-maydagi kursga nisbatan 47 tiyin arzon) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.