“Bilayn” brendiga egalik qiluvchi VimpelCom telekommunikatsion kompaniyasi Shvetsiyaning asbob-uskuna ishlab chiqaruvchi Ericsson kompaniyasi bilan o‘zi faoliyat yuritadigan barcha 11 mamlakatdagi IT-platformalarni butunlay yangilash bo‘yicha shartnoma tuzdi. Bu haqda kompaniya press-relizi asosida “RBK” xabar bermoqda.
Kelishuv qiymati 1 milliard dollardan oshadi. Shartnoma yetti yilga tuzilgan bo‘lib, u yana uzaytirilishi mumkin, deyiladi xabarnomada.
Shartnoma Ericsson’ning yangi dasturiy ta’minoti va bulutli texnologiyalaridan foydalangan holda biznesni qo‘llab-quvvatlash global tizimining (BSS) raqamlashtirilishi va o‘rnatilishini ko‘zda tutadi.
Izoh (0)