AQShning Microsoft korporatsiyasi LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ini sotib olganini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ikkala kompaniya direktorlar kengashi tomonidan bir ovozdan ma’qullangan shartnoma shu yilning oxiriga qadar yopilishi rejalashtirilmoqda. CNBC telekanalining bildirishicha, shartnoma narxi 26,2 milliard dollarni tashkil etadi (aksiyasiga 196 dollar). LinkedIn rahbari Jeff Vayner ijtimoiy tarmoqni boshqarishda davom etadi.
LinkedIn ijtimoiy tarmog‘iga 2003-yilda Kaliforniyada asos solingan. Platforma biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradi. Kompaniyaning Nyu-York fond-birjasidagi kapitalizatsiyasi 20 milliard dollarni tashkil etadi.
Izoh (0)