My Day sayti o‘zbek shou-biznesi vakillari bo‘lgan va ayni damda farzand kutayotgan mashhur ayollarning fotosuratlarini taqdim etdi.
Aktrisa va boshlovchi Rayhon Ulasenova uchinchi farzandiga homilador. Aktrisaning bir o‘g‘li va bir qizi bor.
Xonanda Ruxshona ikkinchi bor ona bo‘lish arafasida. U 2014-yil 2-noyabrida rejissor Sanjar Matkarimov bilan turmush qurgan va 2015-yilning sentabr oyida qiz farzandli bo‘lgan edi.
Oybek va Nigoraning to‘yi 2015-yilning 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Endilikda yosh oila birinchi farzandini kutmoqda.
Aktrisa Gulchehra Eshonqulova 2015-yilning 30-may kuni yoshi o‘zidan ancha kichik aktyor Sharof Sharopov bilan turmush qurgani katta shovshuvga sabab bo‘lgan edi. Nikohdan bir muddat so‘ng ular ajrashayotgani haqidagi xabarlar ham tarqalgan edi. Ammo hozirda yosh oila Turkiyada turmush kechirmoqda. Aktrisaning Instagram’dagi sahifasiga joylagan suratlaridan Gulchehra ona bo‘lish arafasida ekanligini ko‘rish mumkin.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobulova ham farzand kutayotgan ayollar ro‘yxatida. U 2013-yilda o‘g‘illi bo‘lgan edi.
Izoh (0)