AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter 10-iyun, juma kuni texnologik sammitdagi chiqishida AQSh Xitoy yoki Rossiya bilan mojaroga intilmayotganligini ta’kidladi. Sammit Defense One nashri tomonidan tashkil etildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Vazirdan AQSh texnologik ustunlikni Xitoyga boy berayotganligi va bu ustunlikni saqlab qolish imkoni bor-yo‘qligi haqida so‘rashdi. Karter har ikkala savolga ham “Ha” deb javob berdi. “Oxirgi chorak asrda Xitoy o‘z iqtisodiyotini ancha kuchaytirdi, bu esa so‘zsiz harbiy imkoniyatlarni ham oshiradi”, — dedi Pentagon rahbari.
“Biz bu hududda doim ‘tiyilib turish’ni kuzatib boramiz, bu nafaqat Xitoy, balki Shimoliy Koreyani ham o‘z ichiga oladi. Bunda o‘z harbiy potensialini yaxshilashga harakat qilayotgan Rossiyani ham eslab o‘tish mumkin. Biz ularning hech biri bilan mojaroga intilmayapmiz”, — dedi Karter.
Izoh (0)