IShID guruhi jangarilari Iroqdagi Al-Falluja shahridan qochishga uringan tinch aholi vakillarini o‘qqa tutdi. Kamida 30 kishi halok bo‘ldi, ularning ko‘pchiligi ayollar va yosh bolalardir, deb xabar beradi “Interfaks”.
NBC News’ga ma’lum bo‘lishicha, terrorchilar mahalliy aholidan ayollar va bolalarni shaharda qoldirishni talab qilgan edi. Ayni paytda, fallujalik jangarilarning oila a’zolari shahar tashqarisiga olib chiqib ketilgani aytilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)