Yekaterinburgning “Kolsovo” aeroportida Airbus samolyoti qo‘ndi, uning komandiri esa ekipaj hayotiga xavf solinganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“A-330 ‘Janubiy Saxalinsk–Moskva’ havo kemasi komandiri ‘Kolsovo’da majburiy qo‘nishni so‘radi, kabina ekipajining hayoti va sog‘lig‘iga xavf borligini bildirdi, shuningdek, uchish-qo‘nish maydoniga ‘tez yordam’ hamda politsiya kelishini so‘radi”, — ma’lum qildi “Interfaks”ning aeroportdagi manbalari.
Boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)