Super og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Lennoks Lyuis boks qiroli Muhammad Ali haqida fikr bildirib o‘tdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Lennoks Lyuis hamda aktyor Uill Smit boks afsonasining tobutini uning ko‘plab yaqinlari qatorida ko‘tarishi ma’lum bo‘lgan edi.
Lyuis Alining rafiqasi qo‘ng‘iroq qilib, marhumning tobutini ko‘tarishni iltimos qilganida, lol qolganini tan oldi.
“Menga Lonni Uilyams qo‘ng‘iroq qildi. Ali uning tobutini ko‘taradiganlardan biri bo‘lishimni xohlaganini aytdi. Buni eshitganimda hayron qoldim — men uchun bu ulkan sharaf”, — dedi bokschi.
“Agar yo‘l o‘rtasida birov bilan mushtlashishga to‘g‘ri kelsa, Aliday bo‘lishni — raqib atrofida tez harakatlanib, boshni harakatlantirib, ‘kelaqol, landavur!’ deyishni istardim. Ali bunday vaziyatda shu ishni qilgan bo‘lardi”, — qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)