Suriyaning Aleppo shahrida jangarilarning o‘t ochishi oqibatida 54 nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘ldi, yana 93 kishi yaralandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Boshqarmaning ta’kidlashicha, hukumat kuchlari marralari bilan bir qatorda turar-joy dahalari ham o‘qqa tutilgan.
Qurollangan terrorchilik tuzilmalari Aleppodagi Shayx-Maqsud dahasi hamda Xandrat va Xalsa aholi punktlari hududida Suriya qurolli kuchlarining mudofaa marralarini buzib o‘tishga urinishlarini davom ettirgan.
Alepponing shimoli-g‘arbida jangarilar o‘z marrasini mustahkamlab, hukumat kuchlari bo‘linmalarini o‘qqa tutganligi, shuningdek, ushbu hududda terrorchilar zirhli texnikasi to‘planganligi ta’kidlanmoqda.
“Jabhat an-Nusra” terrorchilik guruhi jangarilari sutka davomida Idlib, Latakiya, Xoms, Damashq va Xamada Suriya qurolli kuchlari marralari va fuqarolik obyektlarini o‘qqa tutdi.
Izoh (0)