Falastinning “XAMAS” harakati jangovar qanoti — “Iziddin al-Qasam brigadalari” guruhi Tel-Avivda 8-iyun kuni sodir etilgan, to‘rt kishini hayotdan olib ketgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda, Isroil televideniyesining To‘qqizinchi kanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xevron yaqinida joylashgan Yatta qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan 21 yoshli Muhammad va Xolid Mahamre aynan shu guruh a’zolari ekanligi aytilmoqda.
Yuqorida nomi keltirilgan terrorchilar chorshanba oqshomida mudofaa vazirligi majmuasi yaqinida joylashgan “Sorona” savdo markazi tashrifchilariga qarata o‘t ochdi. Buning oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohat oldi.
Terrorchilar politsiya tarafidan qo‘lga olindi.
Izoh (0)