AQSh mezbonlik qilayotgan Kopa Amerika—2016 ning “B” guruhida ishtirok etayotgan Braziliya terma jamoasi turnir startidan buyon eng yirik g‘alabaga erishdi.
Guruh autsayderi sifatida e’tirof etilgan Gaitiga qarshi saf tortgan braziliyalik futbolchilar 7:1 hisobida ustun keldi. Bellashuvda “Liverpul” klubi a’zosi Filipe Koutinyo xet-trik qayd etdi. Xitoyning “Beytszin Goan” klubi vakili Renato Augusto o‘z nomini tabloga ikki bor yozdirgan bo‘lsa, Gabriel hamda Lukas Lima bir martadan gol urdi.Mazkur g‘alaba Braziliya terma jamoasini guruh peshqadamiga aylantirdi. Dunga jamoasi kabi 4 ochko to‘plagan Peru 2-turda Ekvador bilan durang o‘ynadi. 13-daqiqaga kelib ekvadorliklar ikkita gol farqi bilan ortda borayotgandi. 48-daqiqaga qadar ular bu farqni yo‘qqa chiqara oldi.
“B” guruhida so‘nggi tur bellashuvlari 13-iyun tonggida bo‘lib o‘tadi. Guruhda yetakchilik qilayotgan Braziliya va Peru termalari unda o‘zaro maydonga tushsa, Ekvador va Gaiti ikkinchi juftlikni tashkil qiladi.
Kopa Amerika—2016 “B” guruhi. 2-tur 9-iyun, payshanba
Izoh (0)