Yaponiyaning Honda konserni butun dunyo bo‘ylab sotilgan 780 ming avtomobilni ta’mir uchun qabul qiladi. Bu haqda, mamlakat yer, infrastruktura va transport vazirligiga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Jami 15 model, shu jumladan, Odyssey miniveni ta’mir uchun qabul qilinadi. Avtomobillarning ko‘pchilik qismi Takata firmasi ishlab chiqargan xavfsizlik yostiqlaridagi nuqson tufayli chaqirib olinmoqda.
Bir necha kun muqaddam Yaponiyada Takata xavfsizlik yostiqlari tufayli 7 million avtomobil chaqirib olinishi ma’lum qilingan edi.