Oxirgi kunlarda Belgiya provinsiyalarida suv toshqinini yuzaga keltirgan va katta zarar yetkazgan kuchli jala mamlakat poytaxtigacha yetib bordi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Bryusselga 7-iyun, seshanba kuni kechqurun yopirilgan kuchli jala ba’zi hududlarda yirik do‘l bilan birga davom etgan. Oqibatda ba’zi ko‘cha va maydonlar, uylarning yerto‘lasi suv ostida qolgan. Jumladan, Volyuve xiyobonining ancha qismini suv bosgan.
Yomg‘ir oqibatida “Erazm” metro stansiyasini ham 20 santimetr balandlikda suv bosgan. Mahalliy OAVlar stansiyada oyoq kiyimlarini yechib, shimlarini shimarib ketayotgan yo‘lovchilar suratlarini chop etmoqda. Metro stansiyasidagi suv platformagacha yetib bormagan va yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish davom etmoqda.
Suv, shuningdek, “Shuman” metro stansiyasi va unga olib boruvchi bir nechta yerosti yo‘liga ham yetib borgan.
Izoh (0)