Futbol bo‘yicha Ispaniya terma jamoasi Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatiga tayyorgarlik doirasida so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini Gruziya futbolchilariga qarshi o‘tkazdi. Unda 0:1 hisobida gruziyaliklar zafar quchdi, deb xabar bermoqda “iSport.ua”.
Uchrashuvdagi yagona gol 40-daqiqada Tornike Okriashvili tomonidan kiritildi.
Bundan avval Ispaniya terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston milliy termasining JCh—2018 turniri 3-saralash bosqichidagi raqibi — Janubiy Koreya termasini 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Yevro–2016 turniri 10-iyundan 10-iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Ispaniya termasi “D” guruhidan joy olgan bo‘lib, ushbu bosqichda Turkiya, Xorvatiya va Chexiya termalariga qarshi bahs olib boradi.
O‘rtoqlik o‘yini7-iyun, seshanba“Alfonso Peres” stadioni
Ispaniya – Gruziya 0:1 (0:1)
Gol: 0:1 – 40 Okriashvili.Ispaniya – De Xea, Ramos (San Xose, 46), Alba, Xuanfran (Belyerin, 46), Pike, Alkantara (Koke, 46), Buskets (Pedro, 76), Vaskes (Silva, 61), Fabregas (Inyesta, 46), Nolito, Aduris.
Gruziya – Revishvili (Kvashkvadze, 55), Amisulashvili, Navalovskiy (Kobaxidze, 84), Lobjanidze, Kverkveliya, Aburjaniya (Siskaridze, 78), Keniya, Kazaishvili (Kvilitaya, 72), Mchedlidze, Okriashvili, Jigauri.
Ogohlantirishlar: Kverkveliya (61), San Xose (81).
Izoh (0)