Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh—2018 3-saralash bosqichidagi raqibi — Janubiy Koreya termasi o‘rtoqlik o‘yinida Ispaniyadan yirik hisobda yengildi. Yevropaning amaldagi chempioni Osiyo vitse-chempioni darvozasiga oltita gol urib, o‘z darvozasidan 1 ta gol o‘tkazib yubordi.

Foto: The Indian Express

Foto: The Indian Express

Shveysariyadagi “Red Bull Arena” stadioni mezbonlik qilgan bellashuvda har ikki terma jamoa murabbiylari 17 nafardan futbolchini sinovdan o‘tkazdi.

Ispaniya terma jamoasi safida Angliyada to‘p suradigan futbolchilar — David Silva va Sesk Fabregas 1 tadan, Italiya A seriyasida harakat qiladigan Alvaro Morata 2 ta, shuningdek, La Liga ishtirokchisi Nolito 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Koreyaliklar safida esa “Seul” futbol klubi a’zosi o‘z nomiga gol yozib qo‘ydi.

Qayd etish kerak, Ispaniya terma jamoasi Yevro—2016 musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Visente Del Boske jamoasi turnirning “D” guruhida Xorvatiya, Chexiya va Turkiya termalariga qarshi kurash olib boradi.

JCh—2018 yo‘lida Eron, Qatar, Xitoy, Suriya va O‘zbekiston terma jamoalariga raqib bo‘ladigan Janubiy Koreya 5-iyun kuni Chexiyaga qarshi saf tortadi. Yevro—2016 ishtirokchisiga qarshi bellashuv Praga shahrida bo‘lib o‘tadi.

Janubiy Koreyaga qarshi shu yilning 16-sentabr va 2017-yilning 5-sentabr kuni rasmiy o‘yin o‘tkazadigan O‘zbekiston terma jamoasi bugun — 2-iyun sanasida Oliy Ligada to‘p surayotgan legioner futbolchilar termasiga qarshi maydonga tushadi. Bunga sabab sifatida avvaliga Qirg‘iziston, keyin esa Ekvatorial Gvineya terma jamoalariga qarshi uchrashuvlar bekor qilingani, undan avvalroq esa Tailanddagi “Qirol Kubogi” musobaqasi chetga surib qo‘yilganini ko‘rsatish mumkin.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi

Ispaniya — Janubiy Koreya 6:1

Gollar: David Silva, 30 (1:0). Sesk Fabregas, 32 (2:0). Nolito, 38 (3:0). Alvaro Morata, 50 (4:0). Nolito, 54 (5:0). Chju Se Chjon, 83 (5:1). Alvaro Morata, 89 (6:1).

Ispaniya: Iker Kasilyas (Serxio Riko, 74), Mark Bartra, Sesar Aspilikueta (Xordi Alba, 46), Ektor Belerin, Jerar Pike (Arits Aduris, 59), Andres Inesta (Tiago Alkantara, 46), Bruno Soriano, David Silva (Pedro, 46), Sesk Fabregas (Serxio Buskets, 46), Nolito, Alvaro Morata.

Janubiy Koreya: Kim Chjin Xen, Xon Chjon Xo, Yun Suk Yen (Lim Chxan Vu, 81), Chjan Xen Su (Li Yon, 70), Kim Ki Xi (Kvak Txe Xvi, 61), An Guk Yon (Chju Se Chjon, 61), Ki Son Yon, Nam Txe Xi, Son Xin Min (Li Chje Son, 61), Xvan Iy Chjo (Xen Chjun Suk, 46), Chji Don Von.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Buxoroda Nexia-2 ariqqa tushib ketdi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda qancha tabiiy monopoliya borligi ma’lum qilindi 
Mahalliy
Sogʻliqni saqlash vazirining telefon raqamiga kuniga 500 dan ortiq murojaat kelib tushayotgani maʼlum qilindi