Janubiy Karolina milliy gvardiyasi harbiy-havo kuchlariga qarashli ikkita F-16 qiruvchisi AQShning Jorjiya shtatida osmonida bir-biri bilan to‘qnashib ketib, yerga quladi. Bu haqda, NBC telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Halokat Jefferson okrugida ro‘y berdi. Samolyotlar odatiy tungi parvozni amalga oshirayotgan edi.
Ikkala samolyot uchuvchilari o‘z vaqtida bortni tark etishga ulgurdi.
AQSh harbiy-havo kuchlari voqea yuzasidan taftishni boshlab yubordi.