O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Germaniyaning Shtutgart shahrida start olgan, mukofot jamg‘armasi 620 000 yevroga teng Mercedes Cup–2016 tennis turnirini birinchi davradayoq tark etdi.
Musobaqa rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, 29 yoshli o‘zbekistonlik tennischi ilk bahsini chexiyalik Radek Shtepanekka qarshi olib bordi. Ikki soatu 4 daqiqa davom etgan bellashuvda 7:5, 3:6, 6:3 hisobi qayd etilib, chexiyalik tennischining g‘alabasi bilan yakun topdi.
Taqqoslash uchun, Istomin ATP reytingida 64, Shtepanek 129-pog‘onani egallab turibdi.
Ma’lumot o‘rnida, Mercedes Cup–2016 tennis turnirining birinchi davrasida ishtirok etib, mag‘lub bo‘lgan tennischilar 6 120 yevro mukofot puliga ega bo‘ladi, biroq ularga reyting ochkosi berilmaydi.
Izoh (0)