2014-yildan buyon O‘rta Yer dengizini kesib o‘tish ilinjida safarga chiqib, manziliga yetib bora olmagan qochqinlar soni 10 ming kishidan ortib ketdi. Bu haqda, BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Tashkilot rasmiylarining keltirishicha, 2014-yilda 3,5 ming o‘lim holati qayd qilingan bo‘lsa, 2015-yilda bu ko‘rsatkich 3,7 mingni tashkil qildi. 2016-yil boshidan buyon esa 2,8 ming muhojir dengizga g‘arq bo‘ldi.
Xalqaro migratsiya tashkilotining ma’lum qilishicha, 2016-yilning boshidan beri dengiz yo‘li bilan Yevropaga 205 mingdan ortiq qochqin keldi. Ularning katta qismi (156 ming) Gretsiya qirg‘oqlariga kelib tushdi, 37 ming nafari Italiyaga, 1063 nafari Ispaniyaga, 28 nafari Kiprga yetib keldi.
Izoh (0)