Suriyaning Dayr az-Zavr viloyatidagi al-Ashara shahrida bozorning samolyotlardan bombalanishi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Buyuk Britaniyada faoliyat yuritayotgan Suriya inson huquqlariga rioya etish monitoringi markazi bayonot berdi, deb yozmoqda “RBK”.
Huquq himoyachilari taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, bozorga Suriya va Rossiya samolyotlaridan zarba berilgan. Qurbonlarning sakkiz nafari bolalardir. Bundan tashqari, ko‘plar og‘ir jarohatlar olgani qurbonlar soni oshishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Rossiya mudofaa vazirligi bu borada biror rasmiy ma’lumot bermadi.