Yoaxim Gauk 2017-yilda vakolat muddati tugaganidan so‘ng Germaniya prezidenti lavozimida qolishdan voz kechdi. 6-iyun kuni buni ma’lum qilgan siyosatchi yoshini sabab qilib ko‘rsatdi, shuningdek, ushbu qarorni qabul qilish og‘ir kechganini tan oldi, deb ma’lum qilmoqda “Vedomosti”.
Gauk 76 yoshda bo‘lib, u prezidentlik mansabini 2012-yildan buyon egallab kelmoqda. Germaniyada prezidentlik muddati 5 yilni tashkil etadi, ikkinchi marta qayta saylanish imkoniyati ham mavjud.
Der Spiegel nashrining bildirishicha, Xristian-demokratik ittifoq va Xristian-sotsial ittifoq partiyalari bloki keyingi prezident sifatida Bundestag spikeri Norbert Lammert, mudofaa vaziri Ursula fon der Layen va sotsialistik partiyaning Bundestagdagi yer guruhi rahbari Gerda Xasselfeldtlardan birini ko‘rmoqda.
Yuqoridagi partiyalar bilan birga hukmron koalitsiyani tashkil etuvchi Germaniya sotsial-demokratik partiyasi esa prezidentlik saylovlariga tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayer nomzodini ko‘rsatishi aytilmoqda.