Afg‘oniston milliy majlisi (parlament) a’zosi Sher Vali Vardak 5-iyun, yakshanba kuni Kobulda noma’lum kimsalar hujumi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Sodiq Sodiqiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
“Parlament a’zosi Sher Vali Vardak uyining oldida bomba portlashi tufayli halok bo‘ldi. Yana 11 kishi jarohat olgan”, — deya ta’kidladi Sodiqiy.
Mazkur hujum uchun javobgarlikni hozircha hech bir guruh zimmasiga olmadi.