Sena daryosi suvi sathi me’yordan oshiq bo‘lgan 6 metrli darajadan pastga tushdi. Yaqin kunlarda kutilayotgan yomg‘irlar bunga xalaqit bermaydi va yangi toshqinlarga sabab bo‘lmaydi. Bu haqda Fransiya toshqinlarni kuzatish davlat xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Fransiya markaziy mintaqalaridagi toshqinlar o‘tgan dam olish kunlari yoqqan kuchli jala tufayli hafta davomida to‘xtovsiz davom etdi. 2-iyundan boshlab Parij va unga yondosh Il-de-Frans poytaxt mintaqasi departamentlarida iqlimiy xavfning eng yuqoridan oldingi —“to‘qsariq” darajasi e’lon qilindi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, Senaning o‘zaniga qaytishi ikki haftagacha vaqt olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bosh vazir Manyuel Valsga ko‘ra, Fransiya markaziy mintaqalaridagi toshqinlar oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 24 kishi jarohatlandi.
Izoh (0)