Gretsiyaning Krit orolidan janubroqda halokatga uchragan muhojirlar kemasining to‘rt yo‘lovchisi cho‘kib ketdi, 340 kishi esa qutqarib qolindi. Bu haqda, AP’ga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Gretsiya qirg‘oq qorovuli xizmati taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, 25 metr uzunlikdagi kema bortida 700 nafargacha muhojir bo‘lgani ehtimoli bor. Kema xalqaro suvlarda, Kritdan 120 kilometr narida suvga g‘arq bo‘ldi.
Gretsiya hukumati voqea joyiga ikki patrul kemasi, harbiy samolyot, uch vertolyot yo‘lladi; ularga Krit yaqinida bo‘lgan boshqa kemalar yordam bermoqda.
Izoh (0)