Davlat raqobat qo‘mitasi aksiyadorlik jamiyatlariga Korporativ boshqaruv kodeksini joriy etish bo‘yicha yordam ko‘rsatish bo‘yicha shtab tashkil etdi. Bu haqda, qo‘mita matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini joriy etish masalalari bo‘yicha shtabga (371) 2592242 va 2592059 raqamlari orqali murojaat etish mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatlarini korporativ boshqarish kodeksi 2015-yil oxirida tasdiqlangan bo‘lib, u aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan axborot siyosati, ichki nazorat, divident siyosati, manfaatlar ixtilofidagi harakatlar tartibi to‘g‘risidagi nizomlarning qabul qilinishini, shuningdek, kodeksning joriy etilishi munosabati bilan yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritishni ko‘zda tutadi.
Izoh (0)