AQShning Johnson & Johnson kompaniyasi Florida shtatida joylashgan shampun va soch parvarishlash vositalari ishlab chiqaruvchisi Vogue International’ni sotib olish yuzasidan kelishuvga erishdi. 3,3 milliard dollarga baholanayotgan kelishuv natijasida Johnson & Johnson brendlari portfeli OGX, Proganix, Maui Moisture va FX markalari bilan boyiydi, deb xabar beradi “RBK”.
Kompaniya xabarnomasida ta’kidlanishicha, Vogue International’ning mahsulotlari ayni kunlarda AQShdan tashqari yana 38 mamlakatda sotilmoqda.
Kompaniyani sotib olish bo‘yicha shartnomani 2016-yilning uchinchi choragida yopish rejalashtirmoqda. Unga qadar kelishuvni aksilmonopol organlar ma’qullashi talab etiladi.