Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Saudiya Arabistoni hukumati mamlakat hududida joylashgan to‘rtta masjidga musulmon bo‘lmagan kishilarning kirishiga ruxsat berdi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.

Foto: Al Massara

Foto: Al Massara

Aytilishicha, shu tariqa boshqa din vakillariga islomni yaxshiroq o‘rganish imkoniyati yaratib berilmoqda. Bunda masjidlarga tashrif buyurayotgan o‘zga din vakillari islomiy odatlarni hurmat qilishi talab etiladi.

Masjidlarning bari Makka va Madina darvozasi deb ataladigan Jidda shahrida joylashgan. Ular orasida mashhur turistik obyekt hisoblanmish ar-Rahma masjidi ham bor. Shuningdek, ro‘yxatga shaharda joylashgan at-Taqvo hamda qirol Fahd va qirol Saud masjidlari kiritilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Tan olingan kambagʻallik. Hukumat muammoni qanday hal etmoqchi?
Dunyo
Rossiyada urushga borishdan bosh tortgan mahbuslarga qo‘shimcha jazo muddati bilan tahdid qilinmoqda — OAV
Salomatlik
Buyrakda toshlar, gipertoniya: rivojlanishiga birgina tuz sabab boʻladigan 4 ta xavfli kasallik