Iroq maxsus mo‘ljal kuchlari Al-Falluja shahrida IShID terrorchi guruhining minalashtirish bo‘yicha bosh mutaxassisini yo‘q qildi. Bu haqda, mudofaa vazirligi harbiy axborot markaziga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Abu al-Xoris ismli jangari Al-Falluja g‘arbida o‘ldirildi. U yuk mashinalari va zirhli transportyolarga portlovchi uskunalar o‘rnatish bilan shug‘ullanardi. Shundan so‘ng transport vositalari xudkushlar boshqaruvida hukumat qo‘shinlari to‘plangan hududlarga yo‘llanar edi.
Ilgari Iroq armiyasi qo‘mondonligi Al-Fallujani ozod qilish bo‘yicha operatsiyada minalar va portlovchi uskunalar harbiylarga jiddiy xavf solayotganini aytib o‘tgandi. Shuningdek, jangarilarning armiya qismlari yaqinida minalashtirilgan zirhli mashinalarni portlatish taktikasi hukumat qo‘shinlariga jiddiy talafot yetkazmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)