AQShning Dallas shahrida Milliy basketbol assotsiatsiyasining (MBA) “Nyu-Orlean Pelikans” jamoasi basketbolchisi Brays Dejan-Jons qorin qismiga otilgan o‘q oqibatida vafot etdi. Bu haqda, ESPN’ga asoslanib, “RBK” xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 23 yoshli basketbolchi bir xonadonning eshigini tepib, ichkariga kirgan. Shovqindan uyg‘ongan xonadon egasi sportchi tomon to‘pponchadan o‘q uzgan.
Basketbolchining agenti Skott Nikols uning mijozi shifoxonada, qorin qismiga otilgan o‘q tufayli hayotdan ko‘z yumganini ma’lum qildi.
Brays Dejan-Jons shu yilning yanvar oyida MBAda o‘z debyutini o‘tkazgan edi. Fevral oyida esa u “Nyu-Orlean Pelikans” bilan bir necha yillik shartnomaga imzo chekkandi.
Izoh (0)