“Lukoyl” kompaniyasi prezidenti o‘rinbosarining o‘g‘li Ruslan Shamsuarov o‘ziga tegishli Mercedes-Benz Gelandewagen yo‘ltanlamasida politsiyadan qochishga harakat qilgani bois qo‘lga olinib, ma’muriy jazoga tortish maqsadida sudga olib ketilmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Shamsuarov Moskva ko‘chalarida do‘stlari bilan kezarkan, tezlikni oshirgani bois to‘xtatildi, ammo u huquq-tartibot xodimlariga bo‘ysunish o‘rniga qochishni afzal bildi.
Moskva bo‘ylab uyushtirilgan poyga haqidagi ish avtomobil kabinasida olingan yozuv internetga joylangach jamoatchilik o‘rtasida ovoza bo‘lib ketdi. Gelandewagen mashinasida bo‘lgan bir guruh yigitlar va qiz politsiya xodimlari ko‘z o‘ngida yo‘l harakati qoidalarini namoyishkorona buzgan, so‘ng yuqori tezlikda ulardan yashirinishga harakat qilgandi. Shu bilan birga huquqbuzarlar bo‘lib o‘tayotgan hodisani Periscope internet-resursi orqali translyatsiya qilib borgan edi.
Shamsuarovga nisbatan “Bezorilik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. U bilan birga yo‘ltanlamasda bo‘lgan ikki kishi 15 va 10 sutkaga qamaldi.
Izoh (0)