Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Gonduras termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida jarohat oldi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Argentinaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda raqib futbolchisi bilan to‘qnashgan Messi bel qismida og‘riq sezdi va 64-daqiqada zaxiraga olindi. Argentinalik 28 yoshli forvardning jarohati og‘ir emasligi xabar qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi 3–26-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Amerika Kubogi–2016 turnirida ishtirok etadi. “D” guruhidan o‘rin olgan Argentina termasi ilk o‘yinini 6-iyun kuni Chiliga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)