Xitoyning Xubey provinsiyasida maktab avtobusining ag‘darilib ketishi oqibatida ikki o‘quvchi halok bo‘ldi, o‘n nafari jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy hokimiyat vakillarining axborotiga ko‘ra, YTH Ichan shahar okrugidagi Sandoupin qishlog‘ida sodir bo‘ldi. Avtobus ichida 12 maktab o‘quvchisi bor edi.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlab yuborildi.
Izoh (0)