Erkin kurash bo‘yicha Yoqutistonda bo‘lib o‘tgan Rossiya chempionatida dog‘istonlik sportchi Ismoil Musukayev ommaviy mushtlashuvni keltirib chiqardi. Bu haqda 27-may, juma kuni “Interfaks” ma’lum qildi.
Dog‘istonlikning Yoqutiston vakili Viktor Lebedev bilan kurashi yakunlariga ko‘ra hakamlar g‘alabani yoqutistonlik sportchiga taqdim etdi.
Musukayev hakamlar qarorini adolatsiz deb hisoblab, raqibini itarib yubordi. Shundan so‘ng mojaroga dog‘istonlik kurashchining murabbiylar shtabi ham qo‘shildi. Tezkorlik bilan gilamda paydo bo‘lgan maxsus topshiriqli otryad xodimlari tufayli ommaviy mushtlashuvning oldi olindi.
Izoh (0)