Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, 27-may kuni “Manchester Yunayted” jamoasi portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyoni klubga rasman bosh murabbiy etib tayinladi. Mankunianlar rasmiy sayti 53 yoshli mutaxassisning tayinlanishi borasidagi ilk fikrlarini e’lon qildi.

Foto: Twitter / @ManUtd

Foto: Twitter / @ManUtd

“‘Manchester Yunayted’ bosh murabbiyi bo‘lish o‘zgacha sharaf. Ushbu klubni butun dunyoda tanishadi va unga muxlislik qilishadi. ‘MYu’da boshqa klublarda kuzatilmaydigan sirlilik va romantika bor. ‘Old Trafford’ga doim yaqin ekanimni his qilardim. Mazkur maydon faoliyatimga bog‘liq bo‘lgan ko‘plab xotiralarga mezbonlik qilgan, uning muxlislari esa yaxshi munosabatda bo‘lgan. Men muxlislar kutayotgan murabbiy bo‘lishga va kelayotgan yillarda ular meni qo‘llab-quvvatlashiga umid qilaman”, – dedi Mourinyo.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi Londonning “Chelsi” klubi bo‘lgan. U qoniqarsiz natijalari uchun 2015-yilning dekabr oyida “Chelsi” bosh murabbiyligidan ozod etilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi