• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Oziq-ovqat haqida 11 yanglish fikr

    Amerikalik parhezshunos Kris Ganners oziq-ovqat haqida ko‘pchilik hozirgacha ishonib keladigan 11 xato ma’lumotni bir joyga to‘pladi. Ushbu afsonalardan har birini u o‘z tadqiqotlari yordamida inkor qildi, deb xabar bermoqda “Layfxaker”.

    Foto: “VladTime.ru”

    Foto: “VladTime.ru”

    Kris Gannersning BusinessInsider’da chop etilgan maqolasi ayrim qisqartirishlar bilan keltiriladi.

    1. Tuxum xolesterin darajasini oshiradi

    Taniqli parhezshunoslar bir ishni katta muvaffaqiyat bilan eplaydi — sog‘lom ovqatga tuhmat qilish. Tuxum buning eng yaxshi namunasidir. U go‘yoki ulkan miqdorda xolesteringa ega bo‘lib, yurak xastaliklarining kelib chiqish ehtimolini oshirib yuborarmish.

    Ammo oxirgi tadqiqotlar ovqatdagi xolesterin qonda xolesterinning oshishiga olib kelmasligini ko‘rsatdi. Aksincha, tuxum yurakni kasallantirmaydigan “foydali” xolesteringa egadir.

    Bundan tashqari, tuxumda ko‘zni himoya qiladigan antioksidantlar ko‘p miqdorda mavjud. Tuxumda yog‘ mo‘l bo‘lishiga qaramay, bugun ko‘pgina tadqiqotchilar ertalabga tuxum yeyish vazn tashlashga ko‘mak beradi, degan xulosaga kelmoqda.

    Xullas, tuxum eng foydali mahsulotlardan biridir.

    2. To‘yingan yog‘lar — zararli

    Bir necha o‘n yillar muqaddam yurak xastaliklari epidemiyasi odamlar yog‘li ovqatlarni juda ko‘p yeyishidan kelib chiqadi, degan to‘xtamga kelingan edi. Ayniqsa to‘yingan yog‘ zararli hisoblanardi.

    2010-yilda bu borada kattakon maqola chop etildi. U jami 345 ming kishini qamrab olgan 21 tadqiqot natijalarini aks ettirardi. Xulosa: yurak xuruji va to‘yingan yog‘lar o‘rtasidagi hech qanday bog‘liqlik yo‘q.

    Aksincha, bunday yog‘lar qonda HDL — “yaxshi” xolesterin darajasini oshirib, DHL — “yomon” xolesterinni kamaytiradi.

    Shunday ekan, go‘sht, pishloq va yog‘dan qo‘rqishga va voz kechishga asos yo‘q.

    3. Donli mahsulotlar yeyish lozim

    Parhez faqat donli mahsulotlar asosiga qurilishi kerakligi haqidagi g‘oya u qadar to‘g‘ri emas. Agromadaniy inqilob nisbatan yaqinda bo‘ldi, genom esa jiddiy o‘zgarishlarga uchragani yo‘q. Demak, inson organizmi donli mahsulotlarga yetarli darajada o‘rgangani yo‘q.

    Mevalarga nisbatan donli ekinlarda foydali mahsulotlar ancha kam. Shuningdek, ularda oshqozon-ichak traktida foydali minerallar bilan bog‘lanib, ularning o‘zlashtirilishiga to‘sqinlik qiladigan fitin kislotasi ko‘p miqdorda uchraydi.

    Bug‘doy ko‘plab katta-kichik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Uning tarkibida glyuten ham ko‘p. Glyuten ichaklarning shilliq qatlamini zararlab, og‘riq, qorin dam bo‘lishi, ich ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, u bosh miya kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

    4. Ko‘p miqdordagi oqsil suyak va buyrakka yomon ta’sir ko‘rsatadi

    Oqsilning me’yordan oshib ketishi osteoporoz va buyrak xastaliklarini keltirib chiqarishi mumkinligi ko‘p bora ta’kidlangan. Oqsil qisqa istiqbolda darhaqiqat suyaklardan kalsiyni yuvib chiqaradi, uzoq istiqbolda esa buning teskarisini qiladi.

    Oqsil suyaklar sog‘lig‘ini yaxshilash bilan bevosita aloqadordir. Tadqiqotlar buyrak xastaligining oqsil miqdori bilan bog‘liq emasligini ko‘rsatdi.

    Buyrak kasalliklarining ikki asosiy omili bor — diabet va yuqori qon bosimi.

    5. Yog‘sizlantirilgan mahsulotlar — foydali

    Aslida bu puxta marketingdan boshqa narsa emas. Butunlay yog‘siz ovqat ta’m jihatdan qog‘oz parchasidan farqlanmaydi.

    Buni bilgan ishlab chiqaruvchilar yog‘ning o‘rnini shakar, fruktoza, makkajo‘xori shinnisi yoki aspartam singari sun’iy qo‘shimchalar bilan to‘ldirishga urinadi.

    Aslida aynan mana shunday qo‘shimchalar yog‘ bog‘lash, diabet, yurak xastaliklari va depressiyani keltirib chiqaradi.

    6. Kam va kichik porsiyalar bilan yeyish kerak

    Bunday oziqlanish metodi metabolizmni tezlashtiradi degan fikr haqiqatga mos kelmaydi. Qisqa muddatga (ovqat hazm bo‘lishi chog‘ida) metabolizm darhaqiqat oshadi, lekin sarflangan energiyaning umumiy miqdori ovqat qabul qilishlar soni emas, iste’mol qilingan ovqatning umumiy hajmi bilan bog‘liqdir.

    Bir tadqiqotda odamlar ikki guruhga bo‘lindi. Birinchi guruh tez-tez kam porsiyalarda oziqlanar, ikkinchi guruh esa xuddi shu hajmdagi ovqatni bir necha qabul qilishda yer edi. Ikki guruh o‘rtasida mutlaqo hech qanday farq kuzatilmadi.

    Yana bir tadqiqotga ko‘ra, odam 3 marta o‘rniga 6 marta ovqatlansa, u to‘yganini his qilishi qiyin bo‘ladi.

    Bundan tashqari, kuniga 4 marta ovqatlanadigan odamlarda to‘g‘ri ichak saratoni xastaligi ehtimoli oshishi kuzatilgan.

    7. Kaloriyalarning asosiy qismi uglevodlardan kelishi lozim

    Parhez odatda 60 foizga uglevodlardan iborat bo‘ladi. Aslida esa yog‘ bog‘lagan odam uchun uglevodning bunday miqdori xavflidir. Tadqiqotlar uglevod kam, yog‘ ko‘p iste’mol qilinadigan parhezning foydaliroq ekanligini ko‘rsatdi.

    8. Omega-6 yog‘lari va o‘simlik yog‘ining foydasi

    Polito‘yinmagan yog‘ kislotalari yurak xastaliklari tahdidini kamaytirgani bois sog‘lom ratsionning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo to‘yinmagan kislotalarning ko‘plab turlari mavjud. Ularning asosiy turlari — Omega-3 va Omega-6 yog‘ kislotalari.

    Omega-3 yallig‘lanish bilan bog‘liq xastaliklar ehtimolini tushiradi. Inson Omega-3 va Omega-6 ni teng miqdorda olishi lozim, agar muvozanat Omega-6 tomonga siljisa, sog‘liqda muammolar kelib chiqadi.

    Omega-6 ning yaxshi ma’lum manbalari qayta ishlangan urug‘ va sabzavotdir: kungaboqar yog‘i, makkajo‘xori yog‘i va hokazo.

    Inson hech qachon bunday miqdorda Omega-6 qabul qilgan emas — bu evolyutsiyaga zid holat. Tadqiqotlar buni tasdiqlamoqda — Omega-6 aslida yurak xastaliklari tahdidini oshirishi e’tirof etilmoqda.

    9. Uglevod darajasi past parhezlar organizmga zarar keltiradi

    Ganners buning teskarisini uqtirmoqda. Buning sabablari:

    - uglevod kam qo‘llanadigan parhez boshqa parhez turlariga nisbatan teri osti yog‘ini samaraliroq yo‘q qiladi;

    - qon bosimini tushiradi;

    - qonda shakar darajasini kamaytirib, diabet belgilarining oldini olishda yordam beradi;

    - “yaxshi” xolesterin darajasini oshiradi;

    - triglitseridlar darajasini tushiradi;

    - “yomon” xolesterin strukturasini yaxshilaydi;

    - nihoyat, bunday parhezga amal qilish oson.

    10. Shakar “bo‘sh” kaloriyalarga egaligi bois zararlidir

    Shakarda kaloriya rostanam ko‘p (100 grammga 99 gramm uglevodlar = 400 kaloriya). Lekin bu mahsulotning haqiqiy zarari boshqa jihatda ko‘rinadi.

    Shakardagi fruktoza jigarda qayta ishlanib, yoqqa aylantiriladi. Bu triglitserid va xolesterin darajasining oshishiga sababchi bo‘ladi.

    Shakar, shuningdek, insulin va leptinga qarshilik ko‘rsatib, yog‘ bog‘lash va diabetni keltirib chiqaradi.

    11. Yog‘li ovqat semirishga sabab bo‘ladi

    Mantiqan to‘g‘riday. Yog‘da ovqat bor, teri ostida ham yog‘ bor, demak, bu e’tirofda haqiqat bor. Lekin Ganners buni ham inkor etmoqda.

    Yog‘da uglevod va oqsillarga nisbatan kaloriyalar ko‘proq bo‘lishiga qaramay, gap yog‘da emas, iste’mol qilinayotgan kaloriyalar miqdoridadir.

    Ya’ni, agar inson sarflaganidan ko‘proq kaloriya iste’mol qilsa semiradi, kamroq iste’mol qilsa — ozadi. Boz ustiga, tadqiqotlar tarkibida yog‘ ko‘p parhezlar vazn tashlashga ko‘mak berishini ko‘rsatmoqda.

    26.05.2016, 23:45   Izoh (0)   40106
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Liviyada aviazarbalar natijasida IShIDning 30 nafar jangarisi yo‘q qilindi

    26.05.2016, 18:15

    Pan Gi Mun Seulni Shimoliy Koreya bilan muzokaralarni tiklashga chaqirdi

    26.05.2016, 18:09

    Donald Tusk: Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni davom ettirish to‘g‘risidagi qaror ortiqcha bahslarsiz qabul qilinadi

    26.05.2016, 17:10

    Palmira yaqinida IShID tomonidan qiynab o‘ldirilgan aholi vakillari jasadi bo‘lgan manzil aniqlandi

    26.05.2016, 16:56

    BMT bosh kotibi Yaponiyada o‘z ishini boshlagan G7 sammitiga keldi

    26.05.2016, 16:04

    Hindistondagi kimyo zavodida ro‘y bergan portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi (video)

    26.05.2016, 15:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hodie mihi’dan Cras tibi’gacha: “Kalmar o‘yini”ning 3-mavsumida mualliflar tomonidan yashirilgan ishoralar

    Madaniyat | 2 iyul, 12:13

    O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi faoliyatini BAA chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 2 iyul, 12:10

    AQSHda josuslikda ayblanib Xitoyning ikki fuqarosi ushlandi

    Dunyo | 2 iyul, 12:07

    Buxoroda piyoda sabab kortej yo‘lini to‘sgan haydovchi jarimaga tortildi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyul, 11:52

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov farzandli bo‘ldi, Munisa Rizayeva Jey Lo bilan duet aytmoqchi, Yulduz Usmonovaning jahlini chiqarishdi

    Madaniyat | 2 iyul, 11:32

    O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 11:27

    “Eron Hormuz bo‘g‘ozini minalashtirishga tayyorgarlik ko‘rdi” — AQSH manbalari

    Dunyo | 2 iyul, 11:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.