Google kompaniyasi Android dasturiy ta’minotida parol kiritishdan voz kechish imkonini beradigan funksiyani realizatsiya qilmoqchi. Shundan so‘ng uskunalar o‘z xo‘jayinlarini yuz tuzilishidan, ovoz ohangidan, matn terish tezligidan va boshqa ko‘rsatkichlardan taniy boshlaydi, deb xabar bermoqda “Hi-Tech.Mail.ru”.
Texnologiya Project Abacus dasturi doirasida yaratilmoqda. U 2016-yil oxirida taqdim etiladi.
Yangi funksiya parol va barmoq izlari skaneridan voz kechish imkonini beradi.
Texnologiya 2015-yilda o‘quv yurtlarida sinovdan o‘tkazilgan edi. Yaqin orada avtorizatsiya metodini moliyaviy tashkilotlar sinay boshlaydi.
Texnologiya g‘oyasiga ko‘ra, Android-uskunani qo‘liga olgan har bir foydalanuvchi uchun Trust Score koeffitsiyenti hisoblab chiqariladi. U foydalanuvchi uskuna egasiga qay darajada o‘xshashligini ko‘rsatadi. Bunda matn terish tezligi, ovoz, yuz tuzilishi, joylashuv o‘rni, Wi-Fi aloqa nuqtasi va Bluetooth uskunalarning uzoq-yaqinligi inobatga olinadi.
Uskunalardagi oddiy dasturlarni Trust Score ko‘rsatkichlari uncha katta bo‘lmaganida ham ishga tushirsa bo‘ladi. Ammo bank dasturlari va boshqa muhim servislar faqat maksimal darajaga yaqin ko‘rsatkichlar qayd qilinganidagina ishga tushirilishi mumkin.
Izoh (0)