Afrikaning Ruanda davlati qishloqlarida RapidSMS ma’lumotlar bazasi tufayli onalar va chaqaloqlar o‘limini uchdan birga qisqartirishga muvaffaq bo‘lindi. Homiladorlikning kechishini ko‘ngillilar eski mobil telefonlari ko‘magida nazorat qilmoqda, deb xabar beradi Naked-science.
RapidSMS bazasi 2009-yili YuNISEF ko‘magida, homilador ayollar va ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarni kuzatish xalqaro dasturi doirasida yaratilgandi. Loyihaning amalga oshirilishi mijozlar haqida ma’lumotlar yig‘ilishini soddalashtiradi va chekka aholi punktlarida ham tibbiy xizmat samaradorligini oshiradi.
Onalar holati haqidagi ma’lumot SMS orqali ma’lumotlar milliy bazasiga to‘planadi. Ular “homiladorlik tasdiqlangan”, “muammo yo‘q”, “xavf mavjud” kabi ma’lumotlarni bildiruvchi oddiy kodlardan iborat. Ruandada qabilalarning maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 45 mingga yaqin vakillari mazkur ma’lumotlarga ega bo‘lmoqda.
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, RapidSMS ishga tushganidan beri mintaqada 2009–2015-yillar davomida bolalar o‘limi koeffitsiyenti 47 dan 37,1 gacha pasaygan. Onalar o‘limi esa har 100 ming farzand tug‘ilishi holatiga 411 dan 290 gacha kamaygan.
Izoh (0)