Google kompaniyasining Parijdagi shtab-kvartirasiga 24-may, seshanba kuni Fransiya tergovchilari kelib, tintuv uyushtirdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Tergov tadbirlari kompaniya soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda gumon qilinayotgani bilan bog‘liqdir.
Mamlakat moliya vazirligining bildirishicha, reydda 100 nafarcha tergovchi ishtirok etmoqda. Mahalliy vaqt bilan soat 5:00 da boshlangan tergov tadbirlari Parij markazidagi ofisda davom etmoqda.
Google vakillari vaziyat yuzasidan hech qanday izoh bermayapti.
Izoh (0)