Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov gilamlarga bag‘ishlangan “Samoviy go‘zallik” nomli kitob yozdi. Bu haqda 23-may kuni “Turkmaniston: oltin asr” nashri xabar qildi.
Gazetada ta’kidlanishicha, kitob o‘quvchini turkman gilamchilik san’ati bilan tanishtiradi.
Bu Berdimuhamedovning joriy yilda chop etilgan to‘rtinchi kitobidir. Yanvar oyida uning “Hikmat manbai” (maqol va hikmatlar to‘plami), mart oyida — “Choy — darmon va ilhom”, aprel oyida — “Arg‘umoqning shiddatli ildamlashi” (Axalteke otlari haqida) nomli asarlari nashrdan chiqqan edi.
Izoh (0)