O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda respublikada paralimpiya harakatini rivojlantirish va targ‘ib etish, paralimpiya sport turlarini yanada ommalashtirish maqsadida, 16–20-may kunlari amerikalik mashhur paralimpiyachi, triatlon sportchisi Merikeyt Kallahan hamda yengil atletika bo‘yicha murabbiy Jon Rejister tashrifini tashkillashtirdi. Bu haqda “Daryo” nashriga assotsiatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu tashrif dasturiga asosan, Toshkent va Andijon shahridagi sport majmualarida paralimpiya sportchilari va murabbiylari uchun mahorat darslari, uchrashuv va suhbatlar o‘tkazildi.
Izoh (0)