London metropolitenida avgust oyidan boshlab tungi poyezdlar qatnay boshlaydi. Bu haqda, The Telegraph nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Tungi poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish bir yil oldin mo‘ljallangan edi, ammo tashabbus endi amalga oshdi.
Londonning yangi meri Sodiq Xon bunday poyezdlar Viktoriya va Markaziy yo‘nalishlari bo‘yicha 19-avgustdan e’tiboran yura boshlashini tasdiqladi.
Kuzga kelib tungi poyezdlar yana uchta yo‘nalishga qo‘yiladi.
Izoh (0)