Avstraliya sohillarida Jeraldtondan Brumga ikki haftalik kruiz o‘tkazayotgan turistlar Dyork-Xartog oroli yaqinidagi Nahanglar qo‘ltig‘ida g‘aroyib manzaraga guvoh bo‘ldi. 70 dan ortiq yo‘lbars nahanglari ikki soat davomida kitga hujum qilib, uning tanasini bo‘lishdi, bu vaqt ichida esa 15 kishini olib ketayotgan ikki qayiqqa mutlaqo e’tibor bermadi.
Eco Abrolhos ekskursion kompaniyasi xodimlari dronlar va harakatli kameralar yordamida jarayonni videoga olib, uni kompaniyaning Facebook’dagi sahifasiga joylashtirdi.
Izoh (0)