AQSh prezidenti Barak Obama 1945-yilda Xirosima va Nagasaki shaharlarining bombardimon qilinganligi uchun uzr so‘rashni rejalashtirmaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Mening maqsadim shunchaki o‘tmishga murojaat qilish emas, balki urushlarda barcha tomonlardan begunoh kishilar qurbon bo‘lishini ta’kidlashdir. Biz butun dunyoda tinchlik va muzokara jarayonlarini ta’minlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz lozim. Biz yadro qurolisiz dunyo uchun kurashni davom ettirishimiz kerak. Men ilk bor lavozimni bajarishga kirishgan paytdan boshlab, shu masala ustida ishlab keldim”, — deb aniqlik kiritdi AQSh rahbari.Obama, shuningdek, har bir davlat rahbari ayniqsa urush mobaynida murakkab qarorlar qabul qilishini ta’kidlab, bu qarorlarni tadqiq etish bilan tarixchilar shug‘ullanishi lozimligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)