Ish o‘rinlari yetishmovchiligi va iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi tufayli dunyoning bir qator mintaqalarida qashshoqlikni bartaraf qilish bo‘yicha yigirma yil davomida olib borilgan ishlar yo‘qqa chiqishi mumkin, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) “Jahonda bandlik va ijtimoiy himoya istiqbollari: qashshoqlikni yo‘q qilish uchun ish o‘rinlari transformatsiyasi” (World Employment and Social Outlook (WESO) 2016 — Transforming jobs to end poverty) nomli yangi hisobotida bu holat ta’kidlab o‘tildi.
XMT ekspertlarining hisob-kitoblariga qaraganda, bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan va rivojlanayotgan davlatlar aholisining 36 foizi qashshoqlikda yashamoqda — ular kuniga o‘rtacha 3,1 dollar hisobiga yashaydi.
Hisobot mualliflarining yozishicha, 2030-yilga qadar dunyo bo‘ylab qashshoqlikni bartaraf qilish uchun yiliga 600 milliard dollar yoki 15 yilda jami 10 trillion dollar sarflash lozim bo‘ladi.
Shu bilan birga, ularning fikricha, qashshoqlik muammosini hal qilish uchun moliyaviy urinishlarning o‘zi yetarli emas — buning uchun birinchi navbatda sifatli ish o‘rinlarini ko‘paytirish talab etiladi.
Izoh (0)