AQShning Microsoft korporatsiyasi Xitoyning Foxconn kompaniyasi shu’ba korxonasi — FIH Mobile bilan 350 million dollarlik shartnoma imzoladi. Bu haqda Engadget xabar bermoqda.
Shartnomaga muvofiq, kompaniya Microsoft’ning Nokia brendi ostida mobil telefonlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq biznesi ustidan nazoratni qo‘lga oladi. Kelishuv doirasida, shuningdek, FIH Mobile AQSh korporatsiyasining Xanoydagi fabrikasini tasarruf qiladi. Nokia telefonlarini ishlab chiqaruvchi 4,5 ming xodimga Foxconn’ga ishga o‘tish taklif qilinadi. Smartfonlar Windows 10 operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Foxconn zavodlarida iPhone va boshqa iste’mol elektronikasi ishlab chiqariladi.
Izoh (0)